14:23 / 17.11.2016
11026

Mourino «MYu» uchun yangi Drogba topdi

Shotlandiyaning «Seltik» klubi va Fransiya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Musa Dembele faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, «qizil iblislar» 20 yoshli futbolchini yanvardagi transferlar oynasi vaqtidayoq qo‘lga kiritishni istamoqda. Biroq «Seltik» futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas. O‘z navbatida Dembele ham Shotlandiya premer-ligasida zafar quchishni istamoqda.

Xabar qilinishicha, Mourinoning shaxsan o‘zi uch marta Dembeleni jamoalariga jalb qilish yuzasidan kuzatib borgan. U «Chelsi»da ishlab yurgan paytlarida Dembeleni Drogbaga tenglashtirgandi.

Joriy mavsumda Musa «Seltik» tarkibida 24 rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lib, 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Top