11:16 / 17.11.2016
5551

Rossiyaning Orenburgida ikki kishini o‘ldirgan Qozog‘iston fuqarosi sudlandi

© Fotolia/ Sebastian Duda

Rossiyaning Orenburg viloyati sudi Qozog‘iston fuqarosi, 27 yoshli Ruslan Maksatovni ikki kishini o‘ldirgani uchun jazoladi, deb ma'lum qilindi viloyat tergov boshqarmasida.

Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, 2015 yil yanvar va martida Maksatov Orenburgda valyuta biznesi bilan shug‘ullanuvchi ikki kishini g‘arazli niyatda o‘ldirgan. Tergov boshqarmasida ma'lum qilinishicha, ikkala qurbon ham jinoyatchi harakatlangan avtomobil ichida jarohat yetkazuvchi to‘pponchadan otib o‘ldirilgan.

Ta'kidlanishicha, Maksatov ikkinchi qotillikni o‘zining yurtdoshi bilan amalga oshirgan. Ikkinchi jinoyatchi ayni vaqtda qidiruvga berilgan. Bundan tashqari, qurbonlardan 5 mln rubldan ko‘proq mablag‘ o‘g‘irlangan. 

Tergovchilarning qo‘shimcha qilishlaricha, ikki jinoyatchi qotillikni amalga oshirgandan keyin darhol Qozog‘istonga jo‘nab ketgan. Maksatov shu yilning iyunida Rossiyaga qaytib kelganda qo‘lga olingan.

"Sud hukmi bilan Maksatov 23 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qurbonlar oilalariga to‘lanadigan ma'naviy zararning umumiy miqdori 6 mln 300 ming rublni tashkil qildi", deb aytilmoqda xabarda.

Viloyat prokuraturasi ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi Rossiyada avtomobillar sotib olish bilan shug‘ullangan va qurbonlar bilan tanish bo‘lgan.
 

Top