10:24 / 17.11.2016
4306

Rummenigge: Peres o‘z futbolchilariga boshqa klublardan taklif bo‘lishiga nafrat bilan qaraydi

«Bavariya» jamoasi prezidenti Karl-Xaynts Rummenigge Angliya va Ispaniya chempionatlaridagi futbolchilarga to‘lanayotgan yuqori maoshlar dunyo futboliga xavf solayotgani, shuningdek «Real» prezidenti Florentino Peres haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«APL — yuqori maoshlari bilan dunyo futboliga xavf solayotgan yagona liga emas. Bu Ispaniya chempionatiga ham taalluqlidir.

«Real» yaqindagina 3 futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi. Endi Ronaldu soliqlar chiqarib tashlangan holatda 20,5 mln yevro oladi. Bundesligada esa soliqlar chiqarib tashlanmagan holatda ham buncha miqdordagi maosh oluvchi bironta futbolchi yo‘q! Madridliklarda biznes-model. Ular o‘z futbolchilari APLga ketib qolishini istamaydi. «Real» prezidenti Florentino Peres o‘z futbolchilariga boshqa klublar tomonidan, ayniqsa Angliyadan taklif bo‘lishiga juda yomon qaraydi», — deya Rummeniggening so‘zlarini keltirgan Sport Bild.

Mavzuga oid
Top