15:36 / 17.11.2016
4582

Vetnam TTH ratifikatsiyasini to‘xtatdi

Foto: AFP

Vetnam sotsialistik respublikasi Transtinch okeani hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilishni to‘xtatdi. Bu haqda, mamlakat bosh vaziri bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

"Qo‘shma Shtatlar TTH bo‘yicha kelishuvni parlamentga topshirishni to‘xtatgani haqida ma'lum qildi. Shunday ekan, Vetnamning ushbu bitimni ratifikatsiyaga yuborishi uchun yetarli shartlar mavjud emas", — degan Nguyen Suan Fuk mamlakat parlamenti majlisida. 

Oq uy ma'muriyati o‘tgan hafta so‘nggida TTH kelishuvini ratifikatsiya qilish jarayonini to‘xtatishga qaror qilgan edi. Shu bilan, bu kelishuv ratifikatsiyasi bo‘yicha muzokaralarni yangi prezident Donald Tramp ma'muriyati davom ettiradi. 

Top