20:25 / 18.11.2016
12708

Erdo‘g‘an Turkiyaga qaytib ketdi

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi.

Turkiya rahbari Samarqandda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan yakkama-yakka muloqot va ikki davlat delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralardan keyin shahardagi va viloyatdagi diqqatga sazovor tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

Shundan so‘ng, Rajab Toyib Erdo‘g‘an Samarqanddan Anqaraga jo‘nab ketdi.

Unga Pokiston va O‘zbekiston bo‘ylab safari davomida bosh vazir o‘rinbosarlari Veysi Kaynak va Turg‘ul Turkesh, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qildi.

Top