16:51 / 18.11.2016
9368

Xitoyning AQShga kiritgan investitsiyasi amerikaliklar ko‘rsatkichidan oshib ketdi

2015 yilda Xitoyning AQShga kiritgan investitsiyasi  Qo‘shma Shtatlarning XXRga kiritgan investitsiyasidan oshib ketdi. Bu haqda Rhodium Group tahlil guruhining hisobotida ma'lum qilinmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda AQShdan Xitoyga kiritilgan investitsiyalarning umumiy qiymati 13,1 mlrd dollarni tashkil etgan. XXRning Qo‘shma Shtatlarga huddi shu davrda kiritgan investitsiyasi esa 15,3 mlrd, deya qayd etilgan.

Shuningdek, hisobotda ma'lum qilinishicha, 1990 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida Xitoyda amerikaliklar tomonidan imzolangan investitsiya shartnomalari 6,7 mingtani tashkil etgan bo‘lib, ularning jami qiymati 228 mlrd dollarni tashkil etadi. Shu holat xitoyliklarda 64 mlrd dollarlik 1,2 mingta shartnomani ko‘rsatmoqda.

Top