12:00 / 18.11.2016
13708

Ivanka Tramp otasining Yaponiya bosh vaziri bilan uchrashuvida ishtirok etdi

Foto: politico.com

Amerikalik tadbirkor ayol va AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka otasining Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan muloqotida qatnashdi. Bu haqda Politico nashri uchrashuvdan olingan suratga tayangan holda yozmoqda. 

Nashrga ko‘ra, bu holat Trampning o‘z biznesi va prezidentlik vazifalarini qay tarzda taqsimlashi borasida fikr yuritishga undaydi. Donald Tramp biznesi boshqaruvini farzandlari ixtiyoriga topshirishni rejalashtirgan edi, ammo hozircha, hech qanday amaliy chora ko‘rganicha yo‘q. 

Ivanka Trampning siyosat nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan uchrashuvda paydo bo‘lishi, deb yozadi Politico, manfaatlar to‘qnashuvi xususidagi savolni yana kun tartibiga chiqaradi. 

Donald Tramp va Sindzo Abe o‘rtasidagi uchrashuv bir yarim soat davom etgani avval xabar qilingan edi. 
 

Mavzuga oid
Top