15:04 / 18.11.2016
10483

Maymun bolasi echkilar bilan birga yashamoqda (video)

Xitoyning Tszyansi provinsiyasida maymun bolasi - taxminan magota - echkilar bilan do‘stlashib oldi. Ajoyib lavhalar aks ettirilgan videotasvir CCTV'ning YouTube-kanalida taqdim etildi

Rolik ostidagi yozuvga ko‘ra, Chjun Shu ismli fermer podaga qarayotgan vaqtda maymun bolasini ko‘rib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, maymun bolasi 4-5 kundan beri echkilar bilan birga yashamoqda. 

"Men unga banan bermoqchi bo‘ldim, biroq u echkiga mahkam yopishib oldi", - deydi xitoylik fermer. 

Jonivorlarni himoya qilish mahalliy xizmati mayimunga yordam ko‘rsatib, uni Ichun shahridagi hayvonot bog‘iga ko‘chirib o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 

Mavzuga oid
Top