18:36 / 18.11.2016
10961

Saakashvili Gruziyaga topshirilishi mumkin

Foto: Getty Images

Ukraina Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini Gruziyaga topshirishi mumkin, deb xabar bermoqda bir manbaga iqtibos keltirgan holda "Ukrainskaya pravda" nashri.

Ta'kidlanishicha, Saakashvilida boshqa davlat fuqaroligi bo‘lmasa, Ukraina uni fuqarolikdan mahrum etolmaydi. 

Manbaning aytishicha, shu sababli uni Ukrainadan chiqarib yuborish uchun Gruziya tomoni so‘roviga ko‘ra uni mamlakatdan chiqarib yuborish varianti ko‘rib chiqilmoqda.

Saakashvili matbuot xizmatida bu masala bo‘yicha keyinroq bayonot berishga va'da berildi.

Saakashvili 7 noyabrda Odessa viloyati gubernatori lavozimidan ketishi haqida ariza bergan. 10 noyabrda Poroshenko uning o‘z lavozimidan ozod etilishi haqidagi farmonni imzolagan. 

Shundan keyin Saakashvili Poroshenko o‘zining yaqin yordamchilariga uni sud qarori bilan fuqarolikdan mahrum qilish masalasi bilan shug‘ullanishni buyurganini ma'lum qilgan.

 

Mavzuga oid
Top