13:50 / 18.11.2016
45563

Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an 3 soatga yaqin vaqt davomida yuzma-yuz muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Samarqandda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Anado‘lu agentligi xabariga ko‘ra, siyosatchilarning prezident qarorgohida yuzma-yuz muloqoti 2 soatu 40 daqiqa davom etgan.

Bundan oldinroq O‘zbekiston TIV bo‘lajak uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi haqida xabar bergandi.

Shundan so‘ng rahbarlar Turkiya va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirokidagi rasmiy tushlikda bo‘lishgan.

Turkiya prezidentiga safar davomida bosh vazir o‘rinbosarlari Veysi Kaynak va Turg‘ul Turkesh, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qilmoqda.

Top