22:52 / 18.11.2016
4965

Turkiya 2014 yildan beri Iroqqa minglab yuk mashina gumanitar yordam jo‘natgan

Turkiya Iroqda birinchi marta IShID xavfi paydo bo‘lgan 2014 yil iyunidan beri bu mamlakatga minglab yuk mashina gumanitar yordam jo‘natgan, deb aytdi Turkiyaning Erbildagi bosh konsuli Mexmet Akif Inom Mo‘sulni tark etgan va qochqinlar lagerlarida joylashtirilganlarga gumanitar yordam ortilgan 108 ta yuk mashinasi yuborish marosimida.

Inomning aytishicha, aholi terrorchilar qo‘liga o‘tgan Mo‘sulni tark etishni boshlaganda Turkiya ushbu hududga birinchi bo‘lib gumanitar yordam jo‘natgan.

Diplomatning aytishicha, Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasi vaqtida uning atrofidagi aholi punktlarini 50 ming kishi tark etgan.

"Ularning barchasi yordamga muhtoj. Turkiya Qizil yarimoy jamiyati va Turkiya hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarining oldini olish va bartaraf etish boshqarmasi ularning ehtiyojlarini qondirish uchun barcha kuchlarini safarbar qildilar. Oxirgi oy ichida hududga 20 ta gumanitar yordam ortilgan yuk mashinasi jo‘natilgan. Bugun biz yana 108 ta yuk mashinasi yuboryapmiz", deb aytdi Inom. 

Inomning aytishicha, Turkiya mo‘sullik birodarlariga imkoniyati chegarasida yordam berishni davom ettiradi.

 

Mavzuga oid
Top