22:34 / 19.11.2016
8571

Moldovaning Istanbuldagi bosh konsuli hibsga olindi

Foto: © RIA

Kishinyov tuman sudi Moldovaning Istanbuldagi bosh konsuli Vyacheslav Filipni 30 kungacha hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda Moldova bosh prokuraturasi matbuot kotibi Mariya Viyeru ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"Sud prokurorlar iltimosini qondirib, Moldovaning Istanbuldagi bosh konsulini 30 kunga hibsga oldi", deb ma'lum qildi Viyeru.

Avvalroq Filip Kishinyov aeroportida Moldovada xorijiy fuqarolarga bo‘lishga imkon beruvchi hujjatlarni berishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda gumon qilinib qo‘lga olingandi.

Moldova axborot va xavfsizlik xizmati rahbari Mixay Balanning ta'kidlashicha, "Moldovaning Istanbuldagi bosh konsulligining barcha xodimlari korrupsiyaga aralashganlar".

 

Top