17:38 / 19.11.2016
6571

«Nasaf» «Co‘g‘diyona»ni mag‘lub etib, 10-marta bronza medallariga ega chiqdi

Foto: fcnasaf.uz

O‘zbekiston chempionatining 29-turiga kelib barcha sovrindor jamoalarning nomi ma'lum bo‘lib ulgurdi, deb yozmoqda Tribuna.Uz sayti.

Jizzaxda «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘lgan Qarshining «Nasaf» jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda Shahboz Erkinov tomonidan kiritilgan sobiq jamoasi darvozasiga kiritilgan ikki golga, ikkinchi bo‘limda Fozil Musayevning goli ham qo‘shildi. Yakuniy hisob - 0:3.  Natijada chempionat tugashiga bir tur qolganda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari muddatidan oldin bronza medallarini o‘zlari uchun naqd qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentning «Lokomotiv» klubi o‘z tarixida birinchi chempionlikni tantana qilgandi. Poytaxtning «Bunyodkor» jamoasi bu mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunladi. Shuningdek «Buxoro» to‘rtinchi, «Paxtakor» esa beshinchi o‘rinni naqd qilib qo‘ydi. So‘nggi turda kurash ligani tark etadigan jamoalar o‘rtasida kechadi.

Oliy liga
29-tur

«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Nasaf» (Qarshi) 0:3
Gollar: 
Shahboz Erkinov (5, 19), Fozil Musayev (76).

«So‘g‘diyona»: Muzaffar Abdullayev, Elyor Oripov, Murod Xolmuhammedov, Sanjar Rashidov, Muzaffar Muzaffarov (Jahongir Jiyamurodov, 59), Sarvar Jo‘rayev (Sarvar Xolmatov, 85), Akmal Xolmurodov, Qahramon Bahodirov, Bobir Qosimov, Sardor Eminov (Jamshid Hasanov 63), Ixtiyor Toshpo‘latov.

«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov, Azizjon G‘aniyev, Shuhrat Muhammadiyev, Shahboz Erkinov (Bobir Abduxoliqov 64), Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Ognen Krasich (Doniyor Narzullayev 80), Fozil Musayev, Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran (Azamat Allaniyozov 81).

Top