17:47 / 19.11.2016
6117

OChL finalning dastlabki uchrashuvida «Chjonbuk Motors» g‘alaba qozondi

Foto: the-afc.com

Osiyo chempionlar ligasining finali doirasidagi birinchi uchrashuv bugun Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar g‘alaba qozonishdi. Bu haqda Tribuna.Uz xabar bermoqda.

«Chjonbuk Hyonde Motors» jamaosi Toshkentning «Lokomotiv» klubini musobaqadan chiqarib yuborgan BAAning «Al-Ayn» jamoasini qabul qilib katta qiyinchilik bilan bo‘lsada g‘alaba qozondi.

Avvaliga Asprilyaning golidan keyin mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishgandi. Biroq Leonardoning dubli «Chjonbuk»ka muhim bo‘lgan g‘alabani taqdim etdi. Javob uchrashuvi 26 noyabr kuni BAAda bo‘lib o‘tadi.

OChL. Final
Dastlabki uchrashuv.
«Chjonbuk Hyonde Motors» - «Al-Ayn» 2:1 (0:0).
Gollar:
 Leonardo (70, 77-pen.) - Asprilya (63).

Top