11:51 / 19.11.2016
26335

Sevgan qiziga uylana olmaganiga shifokorni aybdor hisoblagan yigit uni o‘ldirdi

Illyustrativ surat

Sarvar Nabiyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) dil izhori qilgan, ko‘ngil qo‘ygan qizi Zubaydadan rad javobini olganidan so‘ng, bu ishlarga aybdor sifatida 2008 yilda uni “varikotselle” kasalligidan davolab, jarrohlik operatsiyasini o‘tkazgan shifokor Mirobid Rahimovni ko‘ra boshladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Kogon shahridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga kelib, shifokorning yo‘lini poylay boshladi. So‘ngra unga kutilmaganda hamla qilib, duch kelgan joyiga bir necha bor pichoq ura boshladi. Shafqatsizlik qurboniga aylangan shifokor gap nimada ekanini ham anglay olmay, hayotdan ko‘z yumdi.
Sarvar Nabiyev o‘ylaganidek,  2008 yilda unda amalga oshirilgan “varikotselle” (erkaklar jinsiy a'zolari kasalligi) yuzasidan o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyasi bu shaxsning sog‘lig‘iga umuman dahl qilmaganligi mutaxassislar tomonidan qayd etildi.
U sud hukmi bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
 

Mavzuga oid
Top