21:17 / 19.11.2016
7986

Venger «MYu» bilan o‘yinga baho berdi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan keyin taassurotlarini bildirib o‘tdi.

Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

«Bu qoniqarli natija, axir biz 89-daqiqagacha yutqazayotgandik. Ikki saviyali jamoaning yaxshi tashkillashtirilgan o‘yinini kuzatdik. Biz to‘pni o‘zimizda saqlab turdik, lekin sekin harakatlandik. Ikkinchi bo‘lim boshlangach, 20 daqiqa davomida „MYu“ bizni bosim ostida qoldirdi va o‘z golini urishga haqli bo‘ldi.

Yutqaza turib, durangga erishsang, bundan baxtiyor bo‘lishing mumkin. Bugun bizga shiddat yetishmadi, lekin yakunda biz o‘yinga qayta oldik», — deya Vengerning so‘zlarini keltirgan BBC.

Top