19:39 / 20.11.2016
7152

Dortmunddan qaytayotgan «Bavariya» muxlislari avtobusi yonib ketdi

«Bavariya» muxlislari o‘tirgan avtobus Germaniya chempionatining 11-turi doirasidagi «Borussiya»ga qarshi uchrashuvdan qaytishda Shverteda yonib ketgan.

Avtobus haydovchisi muammoni o‘z vaqtida payqashga ulgurgan va avtobusni to‘xtatib yo‘lovchilarga zudlik bilan salondan chiqishlari kerakligini buyurgan. Salonda 50dan ortiqroq odam bo‘lgan va ularning hech biriga shikast yetmagan.

Avtobus to‘liq yonib ketgan. Undan ko‘rilgan zarar 200 ming yevro deb baholanmoqda.

 

Manba: tribuna.uz 

Top