14:16 / 20.11.2016
23387

Erdo‘g‘an ShHTni YeI o‘rniga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildiki, Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lish — mamlakat uchun yagona variant emas. U Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo‘lishni muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Turkiyadagi Sabah nashri xabar bergan.

Erdo‘g‘an O‘zbekistondan qaytib borgach,  mahalliy jurnalistlarning savollariga javob qaytarish chog‘ida shu haqda gapirgan. U Turkiya uzoq yillar davomida Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lish uchun besamar urinib kelayotganini qayd etgan.

«Yevropada Brexit hodisasidan keyin yana shunday hodisalar takrorlanishi mumkin. Shunday fikrlar Fransiya va Italiyada yangramoqda. Bunday holatda Turkiya o‘zini xotirjam tutishi kerak. YeI a'zosi bo‘lishni Turkiya uchun yagona imkoniyat sifatida qaramaslik kerak. Men aytaman, Turkiya nega "Shanxay beshligi"da o‘rin egallamasligi kerak?», — degan Erdo‘g‘an..

Erdo‘g‘an  ShHTga a'zo bo‘lish masalasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan muhokama etganligi to‘g‘risida aytib o‘tgan.

Top