18:45 / 20.11.2016
29879

Fox News: IShID yetakchisi vasvasaga tushib xudkush kamari taqqancha uxlamoqda

Foto: FoxNews.com

IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan iroqlik harbiylar borgan sari Mo‘sulga yaqinlashib kelayotgani tufayli o‘zini shunchalik noxavfsiz his qila boshlaganki, yer osti tunnellarini tark etishni istamayapti va xudkush kamarisiz uxlamayapti, deb xabar bermoqda Fox News.     

Iroqliq harbiylar Mo‘sul ichidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda al-Bag‘dodiy esankirab qolgani va borgan sari ko‘proq vasvasa alomatlarini namoyon qilayotganini ma'lum qilmoqdalar.

Ta'kidlanishicha, IShID yetakchisi "hech qayerga chiqmay, odamlarga ko‘rinish bermay qo‘ygan". Manbaning ma'lum qilishicha, al-Bag‘dodiy "yer ostida yashamoqda va u turli hududlarga ketuvchi tunnellarga ega".

"U qo‘lga olinganda faollashtira olishi uchun o‘zining xudkush kamarisiz uxlamaydi", deb qo‘shimcha qildi manba. 

Avvalroq al-Bag‘dodiy Mo‘sulni tark etgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Shu bilan birga al-Bag‘dodiy Mo‘sulda qolayotgan jangarilarni iroqlik harbiylarga qarshilik ko‘rsatishga chaqirgan audioyozuv paydo bo‘ldi. Bu audioyozuv al-Bag‘dodiyning Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasi boshlangandan keyingi ilk bayonoti bo‘ldi.

 

Top