19:19 / 20.11.2016
5026

Xitoyda sobiq amaldor katta miqdordagi pora uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

Foto: Reuters

Xitoyning Shensi viloyati yer va tabiiy zaxiralar boshqarmasining sobiq boshlig‘i Van Dentszi 66,24 mln yuan (9,67 mln dollar) pora olgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilindi, deb yozmoqda "Chjungo tsinnyan bao" gazetasi.

Sobiq amaldorga hukm Xebey viloyatining Lanfan shahri sudi tomonidan chiqarildi. Sud amaldor o‘z xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilib, 2003 yildan 2013 yilgacha pora olib kelganini o‘rnatdi.

Amaldor shuningdek umrbod siyosiy huquqlaridan mahrum qilindi, mol-mulki esa mudora qilinadigan bo‘ldi.

 

Top