07:08 / 20.11.2016
4257

Qochqinlar Istanbuldagi muhojirlar markazidan qochish oldidan yong‘in uyushtirdilar

Foto: Hurriyet Daily News

Istanbulning markaziy qismida 50 qochqin muhojirlar markazida yong‘in uyushtirib, shaharga qochib ketdi. Bu haqda Sabah nashri xabar bermoqda.

"Aksariyati Afg‘oniston va Pokistondan bo‘lgan erkaklar yomon sharoitlarga norozilik sifatida Kumkapi tumanidagi binoning 3-qavatidagi mebellarni yoqib yuborishgan", deyilmoqda Hurriyet Daily News nashrida.

Bundan tashqari, muhojirlar yomon sharoitlar tufayli tez-tez politsiya bilan nizoga borib turganlar.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Turkiya huquq-tartibot muassasalari voqeani tergov qilishni va qochib ketgan muhojirlarni qidirishni boshladi.

Top