17:34 / 20.11.2016
8255

WikiLeaks: Obama Snoudenni afv etish mumkin emas deb aldagan

© AP Photo

WikiLeaks tashkilotining ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Barak Obama Amerika maxfiy xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snoudenni afv etish mumkin emas deya yolg‘on gapirgan.

"Qachonki Obama Snoudenni afv etish mumkin emas degan bo‘lsa, u aldagan. U yolg‘on aytayotganini ham bilib turgan", – deya yozilgan WikiLeaks tashkilotining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Unga Independent nashridagi maqola havolasi ilova qilingan. Bu maqolada Obamaning "sudga kelmagan va o‘z fikrini bayon etmagan kishini afv etish mumkinmasligi" haqidagi gaplari keltirilgandi.

Edvard Snouden bilan bog‘liq mojaro 2013 yil iyunida kelib chiqqan edi. O‘shanda u AQSh maxsus xizmatlari internet va mobil aloqa orqali butun dunyodagi foydalanuvchilarni kuzatib borgani haqidagi maxfiy axborotlarni fosh etgan edi.

2013 yilning 1 avgust kuni Rossiya hukumati AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimiga bir yillik muddatga vaqtinchalik boshpana berishga qaror qilgan edi. 2014 yil 7 avgust kuni esa Edvard Snouden uch yil muddatga Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilish uchun guvohnomaga ega bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top