20:58 / 20.11.2016
15667

Jamoasini oliy divizionda olib qola olmagan Henrik Larssonni muxlislar antiqa usulda jazolashdi

Shvetsiyaning «Xelsingborg» klubi mamlakat chempionati oliy divizionida o‘rnini saqlab qolish uchun «Xalmstad»ga qarshi pley-off uchrashuvida (1:2)hisobda imkoniyatni boy berib, quyi ligaga tushib ketadigan bo‘ldi.

«Xelsingborg»ga «Barselona» va «Seltik» jamoalari sobiq futbolchisi Henrik Larsson bosh murabbiylik qilib kelardi.

Mag‘lubiyatni qabul qila olmagan muxlislar, o‘yin tugashi bilan maydonga chiqib kelishdi va Larssonning 19 yoshli o‘g‘li – «Xelsingborg»da o‘ynovchi Jordanning klubga munosib emasligini bildirish uchun formasini yechib olishga urinishdi.

Top