07:46 / 20.11.2016
4391

Jokovich Professional tennischilar uyushmasi yakuniy musobaqasi finaliga yo‘l oldi

Foto: skysports.com

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Londonda Professional tennischilar uyushmasi (ATP) yakuniy musobaqasi yarimfinalida yaponiyalik raqibi Keya Nisikorini 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa finaliga chiqdi. 

Uchrashuv 1 soat 6 daqiqa davom etdi. 29 yoshli belgradlik endi final bahsida britaniyalik Endi Marrey bilan uchrashadi.

Mavzuga oid
Top