16:18 / 21.11.2016
15958

Eng muammoli smartfonlar nomi ma'lum qilindi

Foto: mobilytoday

Blannco Technology Group tahlil guruhi smartfon va planshetlarning xizmat ko‘rsatishiga doir tadqiqotlar natijasi bo‘yicha hisobot berdi.

Mutaxassislarning ma'lum qilishlaricha, Android-gadjyetlarga nisbatan, iPhone qurilmalarda muammolar ko‘p bo‘lar ekan. Quyida aksilreyting yetakchilari bilan tanishing:

Mutaxassislar dasturiy ta'minotdagi uzilishlar, masalan, kutilmaganda qotib qolishi yoki ilovalarning besabab yopilishi, shuningdek qurilmadagi nosozliklar - signalning yo‘qolishi, kuchli qizib ketishi va boshqalarni  hisobga olishdi. 2016 yilning III chorak yakunlariga ko‘ra, ular iOS- va Android-gadjyetlarda yuzaga keladigan muammolarni taqqoslashdi. 

Apple mahsulotlarining 62 foizida uzilishlar aniqlangan, Android-gadjyetlarda esa bu ko‘rsatkich 47 foizni tashkil qilgan. iOS-qurilmalar orasida eng ko‘p muammolar iPhone 6'da kuzatilgan, aksilreytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini iPhone 5S hamda iPhone 6S smartfonlari bo‘lishib olishdi. iPhone 7 va 7 Plus kechroq ishlab chiqarilgani tufayli reytingga kiritilmadi. iPhone 4S esa eng barqaror qurilmalardan biri bo‘lib chiqdi - bu model bilan bog‘liq muammolar atigi 2 foizni tashkil qilgan. 

Gadjyetlar orasida eng muammoli qurilma sifatida LeEco Le2 tan olindi. 

Ikkinchi o‘rinda - Xiaomi'ning ikki smartfoni - Redmi 3S va Redmi Note 3 . Samsung Galaxy S7 edge flagmani to‘rtinchi o‘rinda. 

Shuningdek tadqiqotchilar uzilishlar tabiatiga ko‘ra va eng muammoli ilovalar reytingini tuzib chiqishdi. 

Mavzuga oid
Top