12:21 / 21.11.2016
30352

Krishtianu Ronaldu – Koke: «Ha, eshak, men hezalakman, ammo pulim ko‘p»

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 12-turida «Atletiko»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yin vaqtida raqiblar yarim himoyachisi Koke bilan gap talashib qolgan.

COPE radiosi ikki futbolchi tortishuvi tafsilotlarini keltirdi. Manbaga ko‘ra, «matraschilar» futbolchisi bilan bahsi vaqtidagi gaplarni portugaliyalik futbolchi kiyim almashtirish xonasida jamoadoshlaridan biri bilan muhokama qilgan.

– Koke meni hezalak deb atadi, – degan Krishtianu Ronaldu sherigiga.
– Nima? – qayta so‘ragan futbolchilardan biri.
– U menga shunday dedi: «Sen geysan».
– Endi nima qilmoqchisan? – deya gap qo‘shgan yana bir futbolchi.
– Hech narsa, nima qilishim mumkin? U meni hezalak dedi, men javobimni aytdim: «Ha, eshak, men shunaqaman, ammo mening pulim ko‘p».

«Atletiko»ga qarshi o‘yindagi barcha gollarni Ronaldu urgandi.

Mavzuga oid
Top