11:12 / 21.11.2016
7443

«Milan» muxlislari Silvio Berluskoni bilan munosib tarzda xayrlashdi

Italiyaning «Milan» klubi muxlislari jamoa prezidenti Silvio Berluskonining qo‘lga kiritgan yutuqlarini e'tirof etib chiqishdi.

Italiya chempionatining «Inter»ga qarshi uchrashuvida (2:2) fanatlar Berluskoni tasviri va u prezidentlik qilgan davrda qo‘lga kiritilgan barcha 18ta surati tushirilgan ulkan bannerni ko‘tarib chiqishdi.

Eslatib o‘tamiz, bu Berluskonining «Milan» prezidentligidagi so‘nggi uy uchrashuvi edi. Keyingi hafta boshida klub xitoylik investorlar qo‘liga o‘tgach, Berluskoni jamoaning faxriy prezidenti bo‘lib qoladi.

Top