08:27 / 21.11.2016
3959

Nyu-Jyersi shtatida yo‘qolib qolgan samolyot qidirilmoqda

AQShning sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati va Nyu-Jyersi politsiyasi yo‘qolib qolgan samolyotni qidirmoqda. Shtat matbuot xizmati ma'lum qilishicha, samolyot Bass-River tabiat bog‘ida falokatga uchragan bo‘lishi mumkin.

"Ikki o‘rindiqli samolyot Merilend shtatidagi Solsberidan kecha havoga ko‘tarilgan va Oushen okrugiga yo‘l olgan. Samolyot o‘tgan kecha manzilga jadval bo‘yicha yetib kelmagan, uchuvchi bilan bog‘lanishga urinishlar besamar bo‘lgan", deyilmoqda mahalliy politsiyaning feysbukdagi sahifasida.

Qidiruvlar uchuvchining mobil telefoni signali qayd qilingan joyda olib borilmoqda. 

Ayni vaqtda politsiya voqeaning boshqa tafsilotlariga ega emas.

 

Mavzuga oid
Top