08:49 / 21.11.2016
9342

Obama Putinga «Minsk-2» kelishuvlarini bajarishga chaqirdi

Foto: EPA

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, u Ukraina sharqidagi vaziyatni vakolat muddatlari poyoniga yetguncha hal etishni xohlaydi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Men Putin bilan Ukraina haqida gaplashdim va Minsk kelishuvlarini bajarish zarurligi haqida so‘z yuritdim. Men unga, muddatim yakunlanguncha ushbu ishni yakunlash maqsadida muzokarachilariga biz bilan, Fransiya, Germaniya, Ukraina bilan ishlashga ko‘rsatma berishga chaqirdim», — degan Obama. 

Avvalroq, Vladimir Putin va Barak Obama Peruda bo‘lib o‘tgan OTIH sammiti avvalida uchrashgani xabar qilingan edi. Ular majlislar zalida suhbatlashishgan. O‘zaro muloqot chog‘ida Vladimir Putin Barak Obamani istalgan vaqtda Rossiyaga kelishga chaqirgan. 


 

Top