11:13 / 21.11.2016
3254

Poygachi Jimmi Jonson NASCAR’ning 7 karra chempioni bo‘ldi

Foto: © AP

"Xendrik Motorsports" jamoasi poygachisi AQShda o‘tkaziladigan nufuzli NASCAR avtomobil poygasining 7 karra chempioni bo‘ldi.

Poyganing Mayamida o‘tgan final bahsida (chempionat pley-offi) chempion unvoni uchun 4 poygachi – Jonson, Joui Logano ("Penske"), amaldagi chempion Kayl Bush va Karl Edvards ("Jo Gibbs Reysing") kurash olib bordi. Bu bosqichda marraga eng birinchi bo‘lib yetib keladigan poygachi mavsum g‘olibi bo‘lardi.

Jonson marraga birinchi bo‘lib, Logano to‘rtinchi, Bush esa oltinchi bo‘lib keldi. Edvards marraga 9 aylana qolganda yetakchilik qilayotgan bir pallada Logano bilan to‘qnashuvdan keyin kurashdan chiqib ketdi.

Jonson uchun bu unvon faoliyatidagi yettinchisi bo‘ldi. Avval u 2006-2010 yillar davomida va 2013 yilda chempion bo‘lgan. 41 yoshli Jonson unvonlari bo‘yicha NASCAR afsonalari Richard Petti va Deyl Ernxard bilan tenglashib oldi.

Mavzuga oid
Top