17:46 / 21.11.2016
10551

Rossiya MB dollarning rasmiy kursini 64 rubldan pastga tushirdi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya Markaziy banki 22 noyabr kuni uchun o‘rnatgan kursga ko‘ra, dollar kursi 74 kopeykaga arzonladi va 64,36 rublga tushdi. O‘z navbatida yevro kursi ham 63 kopeykaga arzonlab, 1 yevro 68,36 rublga teng bo‘lmoqda.

Moskva birjasida mahalliy vaqt bilan soat 14:15da Amerika valyutasi 42 kopeykaga arzonlab, 64,29 rublgacha tushgan. Yevro esa 75 kopeyka arzonlab 68,30 rublga teng bo‘lib turibdi.

Brent markasidagi neftning 1 barreli narxi 47,76 dollar (+2,09 foiz).

Top