20:53 / 21.11.2016
10972

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari ShHTga a'zo bo‘lish g‘oyasi haqida fikr bildirdi

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmushning ma'lum qilishicha, mamlakat boshqa tashkilotlar bilan aloqalarni uzmagan holda Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a'zo bo‘lib kirishi mumkin.

"Turkiya — bir vaqtning o‘zida turli bloklar bilan aloqalarga ega bo‘la oladigan kamdan-kam davlatlardan biridir. Biz hozirda ShHTda kuzatuvchi maqomidamiz. Bizning prezident ShHTga a'zo bo‘lishga qarshi emas. Voqealar rivojini kuzatamiz. Ammo biz bu tashkilotga a'zo bo‘lgan taqdirimizda ham boshqa tashkilotlar bilan aloqalarimizni uzmaymiz", — degan Kurtulmush Anqaradagi matbuot anjumani vaqtida.

Bundan oldinroq uning mamlakati har qanday yo‘l bilan Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘lishga harakat qilmasligi, balki buning o‘rniga Shanxay hamkorlik tashkilotiga kirishni ko‘rib chiqishini ma'lum qilgandi.

U mazkur masalani ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari, xususan Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev bilan muhokama qilgan. Uning fikricha, Turkiyaning ShHTdagi ishtiroki uning harakatlarida ko‘proq erkinlik bilan ta'minlaydi.

U Brexit jarayoni, Fransiya va Italiya kabi mamlakatlar YeIni tark etishi orqali davom etishi mumkinligini qo‘shimcha qilib o‘tgandi. 

 «Brexit keng tarqalishi mumkin, bunday ovozlar Fransiya, Italiyadan eshitilmoqda. Bunday sharoitda Turkiya o‘zini xotirjam his etishi darkor. Nima uchun Turkiya ShHT a'zosi bo‘la olmas ekan?» — dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga O‘zbekistondan Turkiyaga qaytgach.

2001 yilda tashkil topgan ShHTga ayni vaqtda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston a'zo hisoblanadi. 2015 yilda ShHT Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish jarayonini boshlagan. Kuzatuvchi maqomidagi hamkor davlatlar qatoriga Armaniston, Ozarboyjon, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka kiradi.

Top