14:43 / 21.11.2016
8111

Janubiy Koreya muxolifati mamlakat prezidentiga doir yangi taklif bilan chiqdi

Foto: AP

Janubiy Koreya respublikasining “Adolat” muxolifat partiyasi prezident Pak Kin Xega mamlakat hududini tark etishni taqiqlash hamda uning prokuraturada  tezroq so‘roq  qilinishi borasida choralar ko‘rish taklifini ilgari surmoqda. Bu haqda, partiya tarqatgan bayonotda so‘z yuritilgan. 

"Prokuratura Pak Kin Xega xorijga chiqishni taqiqlashi va uni so‘roq qilish uchun choralar ko‘rishi lozim", - deyiladi hujjatda. Partiya, shuningdek, tez orada prezidentga nisbatan impichment jarayonini boshlash zarurligini uqdirgan. 

Ta'kidlanishicha, prokuratura o‘tgan haftada davlat rahbarini so‘roq qilishni rejalashtirgan, biroq, prezident advokati, Pak Kin Xening tergov bilan hamkorlik qilish niyati yo‘qligini bildirgan. Prezidentning o‘z qarorini o‘zgartirishiga, uning korrupsiyaga aloqadorlikda ayblanishi tufayli aziyat chekkani sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, davlatga xiyonatdan boshqa ishlar bo‘yicha amaldagi davlat rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish mumkin emas. 

Top