22:12 / 22.11.2016
8128

AQShning eng yangi esminetsi Panama kanalida buzilib qoldi

Foto: © AP

AQSh 2016 yil oktabrda foydalanishga kiritgan eng yangi esminetsi USS Zumwalt Panama kanalidan o‘tayotgan paytda buzilib qoldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, harbiy kema dvigatelidagi issiqlik almashgichidagi nosozlik sababli to‘xtab qolgan. Nosozlik tufayli kemaning turli tizimlari, jumladan datchiklar va qurollar elektr ta'minotidan uzilib qolgan.  

Esminets San-Diyegodagi doimiy joyiga ketayotgan bo‘lgan, biroq nosozlik tufayli Panamaning Balboa shahridagi Rodman bazasiga shataklanib olib borilgan.

Mutaxassislarning fikricha, kema umidlarni oqlay olmayapti, u buzilishlarga moyilligidan tashqari, uning ekspluatatsiyasi hattoki AQSh armiyasi uchun ham qimmatlik qilmoqda.
Kema AQSh harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga rasman 15 oktabrda kiritilgan. Kema AQSh floti tarixidagi eng qimmat kemalardan biri hisoblanadi.

 

Top