20:36 / 22.11.2016
5595

Erdo‘g‘an: Turkiya armiyasi va politsiyasida hali ham Gulen tarafdorlari bor

Foto: © AP

Turkiya qurolli kuchlari va huquq-tartibot muassasalari saflarida hali ham muxolif Fathulla Gulen tarafdorlari qolmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Jafokashlar qoniga to‘yingan bu yerda o‘z jonini bu ayirmachi tashkilot yoki istalgan boshqa taqiqlangan guruhga sotganlarga joy yo‘q", deb aytgan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an mamlakat "oxirgi terrorchi yo‘q qilinmaguncha" dushmanlar bilan kurashishni davom ettirishini aytdi.

 

Top