17:22 / 22.11.2016
15767

Fotoxabar: Xitoyda 17 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yirik YTH sodir bo‘ldi

Foto: Twitter/CCTV NEWS

Xitoyning Shansi provinsiyasida 56 avtomobil ishtirokida yirik yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda «Sinxua» agentligi.

Ma'lum qilinishicha, 37 kishi jarohat olgan. YTH Pekin va Kunmin shaharlarini bog‘lab turuvchi trassada yuz bergan. Mazkur yirik avariyaga sabab sifatida, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, nam qor ko‘rsatilgan. Ayni damda hukumat voqea yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazmoqda.

Foto: Twitter/Xinhua News
Foto: Twitter/CCTV NEWS
Foto: Twitter/CCTV NEWS
Foto: Twitter/Xinhua News

 

Top