12:53 / 22.11.2016
6893

Ronaldu Yevro-2016 finalida g‘alabaga qanday erishilgani haqida gapirdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 finalidan oldingi kechinmalari va hissiyotlari haqida gapirib o‘tdi.

«O‘yindan oldingi mashg‘ulotga chiqqanimda, fransuzlarni biroz xotirjamlikka berilgan holatda ko‘rdim. Ular xuddi finalda g‘olib chiqqandek xursand edi. Mana shu narsa bizga qo‘l kelgan.

Men jamoadoshlarimga qarata: «Yigitlar, fransuzlar bizni osonlikcha mag‘lub etish haqida o‘ylamoqda, biroq bu bizni final bo‘ladi. Ular Portugaliyani qanchalik kuchli ekanini ko‘rishi kerak», dedim.

Ularning xatti-harakatlaridan xotirjamlikka berilishganini ko‘rdim va sardor sifatida bundan foydalanib qoldim», degan Ronaldu France Football nashri muxbiriga.

Portugaliya terma jamoasi Yevro-2016 finalida qo‘shimcha bo‘limlar vaqtida Fransiyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Mavzuga oid
Top