09:21 / 22.11.2016
8638

Ronaldu: Grizmann meni ko‘rarga ko‘zi yo‘qligi haqida aytgan

Madridning «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning aytishicha, «Atletiko» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Yevro-2016 musobaqalarida Ronalduni ko‘rarga ko‘zi yo‘qligini tan olgan. 

«Parijda, Yevro-2016 finalida, Grizmann mening oldimga keldi va dedi: «Seni ko‘rarga ko‘zim yo‘q». 

Finalda jarohat olganimda, oyoqlarimni bosa olmay qolgandim. Bu uchrashuvni to‘liq o‘tkazishni xohlagandim. Ammo birdaniga tushundimki, buning iloji yo‘q edi», — degan Ronaldu France Football nashriga bergan intervyusida.

Portugaliya ushbu uchrashuvda Fransiyani mag‘lub etib, (1:0) bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, undan oldinroq Yevropa chempionlar ligasi finalida  ham Ronaldu va «Real» Grizmann jamoasi «Atletiko»ni penaltilar seriyasida (1:1, 5-3 pen) mag‘lubiyatga uchratgandi.

Mavzuga oid
Top