18:18 / 22.11.2016
22503

Tramp va uning oilasi himoyasi Nyu-York byudjyetiga qanchaga tushmoqda?

Foto: Nypost.com

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp va uning oilasi himoyasi Nyu-York byudjyetiga kuniga 1 million dollardan tushmoqda. Bu haqida CNN nashri shaxsiy manbasiga tayanib, xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Trampning turmush o‘rtog‘i va ularning 10 yoshli o‘g‘li Barron o‘quv yili yakuniga qadar Manxettendagi Trump Tower'da yashashadi. Tramp muntazam ravishda o‘z uyidan xabar olib turishni rejalashtirmoqda. 

Shuningdek Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi Trampning katta yoshli farzandlari va nevaralarining politsiya tomonidan muhofaza qilinishi ham shtat byudjyetiga kiradi. 

Manbaga ko‘ra, Trampni aynan Nyu-Yorkda himoya qilish qimmatga tushmoqda, zero u mamlakatdagi eng katta shaharning aholi eng ko‘p yashovchi hududidir. 
 

Mavzuga oid
Top