16:09 / 22.11.2016
6314

Turkiya armiyasi Suriya shimolida IShID obektlariga zarbalar berdi

Foto: AFP

Suriya shimolida "Frot qalqoni" nomi ostidagi harbiy amaliyotlarini davom ettirayotgan Turkiya armiyasi kun davomida IShIDning 93 obekti bo‘ylab zarbalar berdi. Bu haqda Turkiya bosh shtabi ma'lum qilgan.

"IShID tasarrufidagi hududda joylashgan 93 nishonga zarba berildi. Zarbalar orqali tashkilotning boshqaruv punktlari, qurol-yarog‘ omborxonalari, mudofaa istehkomlari va transport vositalari yo‘q qilindi.

Suriya shimolida muxolifat kuchlari nazorat qilayotgan hudud maydoni  1800 kvadrat kilometrni tashkil qilmoqda, bu hududda 215ta aholi punktlari joylashgan. Janglar davomida bir harbiy yaralandi", — deyilgan xabarda.

Turkiya armiyasi shu yilning 24 avgustida IShIDga qarshi kurash doirasida Suriya shimoliga tanklarini olib kirdi va "Frot qalqoni" amaliyotini boshladi. Keyinroq harbiy harakatlar Suriya shimolidagi kurdlarga qarshi ham qaratilgani ma'lum bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top