09:46 / 22.11.2016
4855

Zilzila sabab Fukusimaning uch mingdan ortiq aholisi ko‘chirildi

Yaponiyaning Fukusima prefekturasida ro‘y bergan 7,4 magnitudali zilzila sabab 3,1 ming kishi o‘z turar-joylarini tashlab chiqishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, evakuatsiya qilinayotgani uchun 60 ga yaqin vaqtinchalik yig‘in punktlari joriy qilingan.
Tabiiy ofat bilan bog‘liq holat sabab Xonsyu orolidagi 150ga yaqin maktab yopilgan.

Ma'lumot uchun: mutaxassislar zilzila sabab ro‘y berishi taxmin qilingan sunami xavfi bo‘lmaydi, deb baholashgan. Yaponiya Favqulodda vaziyatlar vaziri Dzyun Matsumotoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hech kim zilzila sabab jabr ko‘rmagan, shuningdek, moddiy talafotlar ham mavjud emas.

 

Mavzuga oid
Top