14:58 / 23.11.2016
4034

Dr Pepper raqobatchisini 1,7 mlrd dollarga xarid qildi

Foto: Whatstrending.com

Dr Pepper Snapple Group Inc kompaniyasi raqobatchisi, tarkibida antioksidantlar bo‘lgan ichimliklar ishlab chiqaruvchi Bai Brands kompaniyasini 1,7 mlrd dollarga xarid qilishi haqida ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters. 

Ta'kidlanishicha, ushbu xarid Dr Pepper’ning sog‘liq uchun foydali bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga sarmoya kiritish bo‘yicha strategiyasining bir qismi sanaladi. Bu iste'molchilarni shirin, shu bilan bir qatorda kaloriyasiz bo‘lgan ichimliklarga ortgan talabi bilan bog‘liq. Bai kokos suvi, tarkibida 1 g shakar bo‘lgan sovuq choy va boshqa o‘simlik tarkibiy qismlari mavjud bo‘lgan ichimliklarni ishlab chiqarish bilan mashhur. 

Kutilishicha, kelishuv 2017 yilning I chi kvartalida yakuni yetkaziladi. Dr Pepper’ning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda Bai sotuvlarining sof hajmi 425 mln dollarni tashkil qiladi. 

Coca-Cola ham o‘z o‘rnida tabiiy mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan kompaniyalarga sarmoya kiritishni boshladi. Korporatsiya sharbat ishlab chiqaruvchi Suja’ga moliya kiritdi, shuningdek Honest Tea va Zico Coconut Water kompaniyalarini xarid qilgan.
 

Top