14:02 / 23.11.2016
4102

Facebook bepul Wi-Fi funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

Foto: © Shutterstock

Facebook kompaniyasi Wi-Fi'ning jamoat joylaridagi bepul nuqtalarini qidirishga mo‘ljallangan funksiyasini sinovdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi. VentureBeat nashri shu haqida ma'lum qildi. 

«Wi-Fi qidirish» funksiyasi Facebook ilovasiga integratsiyalashtirilgan. Servisni ishga tushirishda yaqin oradagi xotstoplar ko‘rsatilgan xarita ochiladi. Ilova kerakli Wi-Fi nuqtasiga yetishga qancha vaqt talab qilinishini aks ettiradi. 

Facebook xodimining so‘zlariga ko‘ra, servis odamlarning doimo aloqada bo‘lishlari uchun yaratilgan. 
 

Mavzuga oid
Top