18:44 / 23.11.2016
4500

Lufthansa 24 noyabrga rejalashtirilgan 900 ta reysni bekor qildi

Foto: pixabay.com

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi payshanba, 24 noyabrga mo‘ljallangan deyarli 900 ta reysni bekor qildi. Bu holat uchuvchilarning ish tashlashi sabab yuz bergan.

“Lufthansa Group payshanba kuni 3 mingdan 2088 reysni amalga oshirishi mumkin”, - deya xabar berishgan kompaniyada. Bu esa 115 ming yo‘lovchining rejalari chipakka chiqishidan darak beradi. Parvozlar Germaniya ichidagi yo‘nalishda ham, xalqaro yo‘nalishda ham bekor qilinadi. Ularning to‘liq ro‘yxati esa ma'lum qilinmaydi. “Yo‘lovchilarning o‘zlari mustaqil ravishda reyslari haqida ma'lumot olishlari mumkin”, - deyilgan kompaniyada matbuot xizmati xabarida.

Ish tashlashga aviakompaniyalar xodimlari manfaatini ifodalovchi Vereinigung Cockpit kasaba uyushmasi chaqirgandi. Tashkilot amaldagi tarif kelishuvlariga o‘zgartirish kiritishni, xususan, oylik maoshni 5 yil davomida Lufthansa va uning bo‘linmasi - Germanwings uchuvchilari uchun 22% ga oshirishni talab qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bu 2014 yilning aprel oyidan beri 14-chi ish tashlashdir. Shu vaqt mobaynida Lufthansa va Cockpit o‘rtasidagi tarif mojarosi sabab taxminan 8 ming reys bekor qilinib, buning natijasida deyarli 1 mln. kishining rejalari barbod bo‘lgan. Bu holatda kompaniyaning moliyaviy zarari 300 mln. yevro deb baholanmoqda.

Mavzuga oid
Top