15:05 / 23.11.2016
6659

HOK qozog‘istonlik og‘ir atletikachini olimpiya chempionligidan mahrum etdi

Foto: © RIA Novosti

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2008 va 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarining og‘ir atletika bo‘yicha chempioni qozog‘istonlik Ilya Ilin unvonini bekor qilib, medallaridan mahrum etdi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi saytida xabar qilingan. 

"Xalqaro olimpiya qo‘mitasi intizom komissiyasi, qozog‘istonlik sportchining "A" va "V" doping namunalarini takroriy tekshirish natijasiga ko‘ra, og‘ir atletika bo‘yicha 94 kggacha vazn toifasida 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi va 2012 yilgi London Olimpiadasi chempioni Ilya Ilinni o‘tgan o‘yinlardan diskvalifikatsiya qilib, uning natijalarini bekor qilish va medallarini chaqirib olishga qaror qildi", — deyiladi xabarda. 

Qozog‘iston MOQga yo‘llangan rasmiy xabarda aytilishicha, diskvalifikatsiya muddati bo‘yicha qarorni Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi qabul qiladi. 
 

Top