09:39 / 23.11.2016
31561

O‘zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirmoqchi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya hukumati mamlakat prezidenti Vladimir Putinga Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish haqidagi kelishuvni imzolashni taklif qildi. Bu haqda Rossiya huquqiy axborot internet-portalida ma'lum qilingan.

"Rossiya Federatsiyasi hukumati qaror qiladi: Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan taqdim qilingan va Rossiya tashqi ishlar vaziri va ijrochilik hokimiyatining boshqa manfaatdor federal organlari bilan kelishilgan hamda avvaldan O‘zbekiston bilan ko‘rib chiqilgan, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida xarbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish haqidagi kelishuv ma'qullansin. Rossiya prezidentiga bu kelishuvni imzolash taklifi berilsin", deb aytildi Rossiya hukumatining 2016 yil 18 noyabrdagi qarorida.    

Kelishuvning maqsadlari harbiy-texnik sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish; qurol va harbiy texnikaning istiqbolli namunalari bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish; qurolli kuchlar, harbiy bo‘linmalar, huquq-tartibot muassasalari va maxsus organlarning manfaati yo‘lida harbiy maqsaddagi mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, ta'mirlash, modernizatsiya qilish, ularga xizmat ko‘rsatish va utillashtirish sohasida ilmiy-texnik va ishlab chiqarish-texnologik salohiyatlarni qo‘llab-quvvatlash; mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdan iborat.   

Kelishuv harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi dasturlarni yaratish, tomonlarning vakolatli idoralari va tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, harbiy-texnik hamkorlikning aniq masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish va mutaxassislarni taklif qilish bilan amalga oshirilishi mumkin.

Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati va O‘zbekiston mudofaa vazirligi kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli idoralar etib tayinlandi.                     

 

Top