08:58 / 24.11.2016
7515

24 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

23 noyabr tuni va 24 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi xolding kompaniyaga asos solindi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tashkil etiladi.

>>>  Batafsil.

Tokioda 54 yil ichida birinchi marta noyabrda qor yog‘di

Foto: AP

Yaponiya poytaxti Tokioda 54 yil ichida birinchi marta noyabrda qor yog‘di, deb xabar bermoqda NHK telekanali.  

>>> Batafsil.

Xitoyda avtomobil raqami deyarli 500 ming dollarga sotildi

Foto: Sinxua

Xitoydagi auksionda antiqa kombinatsiyadagi avtomobil raqami 3,2 mln yuanga (464 ming dollar) sotildi.

>>> Batafsil.

Yaponiya sharqida 6,1 magnitudali takroriy zilzila yuz berdi

Foto: © AP

Yaponiya sharqida payshanba kuni tongda (Toshkent 2:23) 6,1 magnitudali takroriy zilzila sodir bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Turkiyada qirollik oilasiga tegishli 2400 yillik maqbara topildi

Foto: IHA Photo

Turk arxeologlari Mug‘la provinsiyasining janubi-g‘arbida Yunon davriga tegishli qadimiy maqbarani topishga muvaffaq bo‘lishdi.

>>> Batafsil.

Tramp AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzod nomini ma'lum qildi

Foto: © Mandel Ngan/AFP/Getty Images

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Janubiy Karolina gubernatori Nikki Xeyliga AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimini taklif qilmoqchiligini ma'lum qilgan.

>>> Batafsil.

Singapurlik olimlar teri hujayralaridan qon hujayralarini yaratishdi

Foto: hi-news.ru


MedicalXpress nashri ma'lum qilishicha, singapurlik tadqiqotchilar guruhi maxsus texnologiya yordamida sichqon terisi hujayralarini shunday "transformatsiya" qilishganki, u qon hujayralariga aylangan.

>>> Batafsil.

Forbes yilning eng omadsiz filmlarini ma'lum qildi

Foto: film «Maks Stil»

AQShning Forbes jurnali "Gollivudning eng omadsiz filmlari" – 2016 yilning omadsiz filmlari ro‘yxatini chop etdi.

>>> Batafsil.

Qulamaydigan mototsikl prototipi namoyish qilindi (video)

Foto:24gadget.ru

Thrustcycle kompaniyasi o‘z muvozanatini o‘zi saqlovchi, ichki volanlari tufayli vertikal holatni saqlab qolishga qodir GyroCycle elektr mototsikl prototipini namoyish qildi.

>>> Batafsil.

WhatsApp ilovasida yana bir yangi imkoniyat paydo bo‘ldi

Foto: mashable

WhatsApp ilovasining so‘nggi yangilanishida, videolavhalarni ko‘rish borasida yangi  funksiya paydo bo‘ldi.

>>> Batafsil.

YeChL. A guruhi. «PSJ» foydasiga ishlagan durang

Foto: Daily Mail

Yevropa chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri A guruhida bo‘lib o‘tishi lozim edi. Guruh g‘olibini aniqlab beradigan uchrashuvda «Arsenal» «PSJ»ni qabul qildi.

>>> Batafsil.

YeChL. V guruhi. Kurash so‘nggi turgacha davom etadi

Foto: UEFA.com

V guruhda vaziyat chigalligicha qoldi. Ikkala uchrashuvda qayd etilgan durang faqat «Dinamo Kiyev» zarariga ishladi.

>>> Batafsil.

YeChL. S guruhi. Barcha masalaga oydinlik kiritgan tur

Foto: UEFA.com

 

Qur'a tashlash marosimidan keyin nisbatan kuchli jamoalar yig‘ilgan guruh deya ta'rif berilgan S guruhida 5-turga kelib barcha savollarga javob topildi. Kim birinchi, ikkinchi. Kim Yevropa ligasiga yo‘l oladi, kim yevrokuboklar bilan xayrlashadi. Bu savollarning barchasi so‘nggi tur oldidan o‘z javobiga ega bo‘ldi.

>>> Batafsil.

YeChL. D guruhi. «Atletiko» guruh g‘olibligini naqd qildi

Foto: UEFA.com

«Bavariya»ning Rossiyadagi mag‘lubiyatidan keyin Diyego Simeone shogirdlari muddatidan oldin guruhda g‘olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishgandi. «Atletiko» bundan unumli foydalandi.

>>> Batafsil.

Top