13:52 / 24.11.2016
11657

A380 superlayneri Dubaydagi mo‘'jizalar bog‘iga «qo‘ndi»

Foto: Russianemirates.com

Emirates Airline aviakompaniyasining A380 superlayneri Dubaydagi mo‘'jizalar bog‘iga «qo‘ndi». Besh million rangdan yig‘ilgan va dunyodagi eng yirik installyatsiya aviatashuvchi belgisi tushirilgan samolyot shaklida yaratildi. Konstruktsiyaning maydoni – deyarli 7,5 ming kv. metrga teng.

Installyatsiya 27 noyabrga qadar ochiq bo‘ladi. Uning og‘irligi 100 tonnadan ortiq bo‘lib, haqiqiy A380ning vazni 575 tonnadir. Tomoshabinlar uchun esa ikki qavatli maxsus platforma qurilgan.


 

Mavzuga oid
Top