23:10 / 24.11.2016
7377

Bloomberg: Saudiya Arabistoni oltin qazib olishni ikki marta oshirmoqchi

Foto: Bloomberg

Saudiya Arabistonidagi eng yirik oltin qazib oluvchi Saudi Arabian Mining Co. kompaniyasi 2020 yilgacha oltin qazib olishni ikki martadan ko‘proqqa oshirmoqchi va shu bilan davlat iqtisodiyotining neftga bog‘liqligini kamaytirmoqchi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda

Shuningdek, kompaniya boshqa zaxiralar: alyuminiy va ammiak olishni ham oshirmoqchi. Ma'lum qilinishicha, oltin qazib olish 2016 yildagi 200 ming untsiyadan 500 ming untsiyagacha oshiriladi. Alyuminiy ishlab chiqarish esa 760 ming tonnadan 1 mln tonnagacha oshadi.

Saudiya Arabistoni o‘zining iqtisodiy dasturiga muvofiq, 2030 yilgacha tabiiy zaxiralar qazib oluvchi sanoat o‘sishini kuchaytirmoqchi va neft-gaz sektoridan tashqarida ko‘proq ish o‘rinlarini yaratmoqchi.

 

Top