16:36 / 24.11.2016
17047

Burgut Saudiya Arabistoni havo kemasi qanotini teshib o‘tdi

Foto: Daily Mail

Saudiya podshohligining Saudi Arabian Airlines samolyoti bilan kam uchraydigan hodisalardan biri ro‘y berdi. Uning parvozi chog‘ida yirik qush samolyotga kelib urilgan. Biroq, buni havo kema yerga qo‘nganidan so‘ng aniqlashgan, deb yozmoqda Daily Mail.

Airbus A333 layneriga talofat yetganini Jidda aeroportiga qo‘nganidan keyin sezishgan. Samolyotni podshohlik poytaxti Ar-Riyodga parvozi oldidan uchuvchilardan havo transportining chap qanotini qush teshib o‘tganini ko‘rib qolgan. Burgutligi ko‘rinib turgan qush o‘zi teshgan tirqishga tiqilib o‘lgan edi. 

Foto: Daily Mail

Natijada parvoz 3 soatga kechikkan. Yo‘lovchilar zaxiradagi samolyotda manzilga yuborilgan. 

Top